» » Andijonda urush faxriylariga Prezident sovgasi topshirilmoqda

Andijonda urush faxriylariga Prezident sovgasi topshirilmoqda


Andijon viloyati hokimligida Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilariga Prezident sovgasi tilla soat hamda 5 million som pul mukofotini topshirishga bagishlangan tadbir bolib otdi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Ozbekiston Prezidentining joriy yil 16-apreldagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisidagi farmoni ijrosi doirasida otkazilgan tadbirda viloyati hokimligi, xotin-qizlar qomitasi, mudofaa ishlari, madaniyat boshqarmalari, Ozbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari, urush va mehnat faxriylari ishtirok etdi.

Shu kunlarda keng jamoatchilik vakillari urush faxriylarining xonadonlariga borib, ahvolidan xabar olmoqda, ularga yuksak hurmat-etibor korsatmoqda. Andijon viloyatida umrguzaronlik qilayotgan 63 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisining hayoti, fashizm ustidan qozonilgan galaba yolida korsatgan jasorat va qahramonliklari bugungi avlod uchun ibrat maktabidir.

Urush dahshatlarini biz kordik, avlodlarimiz aslo kormasin, deydi Qorgontepa tumani Sultonobod mahallasida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Odiljon ota Siddiqov. Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga korsatilayotgan etibordan boshimiz kokka yetmoqda. Bugun bizga Prezidentimiz sovgasi, pul mukofotlari berildi. Bundan behad xursandmiz. Yurtimiz yanada gullab-yashnasin, tinchligimizga aslo koz tegmasin.

Bu kabi tadbir Andijon shahridagi harbiy garnizonda ham bolib otdi. Tadbirlarda Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov sozga chiqdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-04-2018, 22:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -