» » OAV: Kim Chen In Donald Tramp bilan Koreya chegarasida uchrashishga rozi bo‘ldi

OAV: Kim Chen In Donald Tramp bilan Koreya chegarasida uchrashishga rozi bo‘ldi


KXDR yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasida joylashgan Pxanmunjom qishlog‘idagi qurolsizlantirilgan hududda uchrashishga rozi bo‘ldi, deb yozadi “RBK”.

CNN nashrining manbasi so‘zlariga ko‘ra, KXDR rahbarini Tramp bilan Pxanmunjomda uchrashishga Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ko‘ndirgan. Qishloqda uchrashuvni o‘tkazish uchun zarur narsalarning barchasi tayyorligi tufayli, Kim Chen In bunga rozi bo‘lgan. Pxanmunjomda o‘tgan hafta Kim Chen In va Mun Chje Inning muzokaralari bo‘lib o‘tgan edi.

CNN manbasiga ko‘ra, Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi may oxirida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ba’zi tadbirlar chegaraning Shimoliy Koreya tomonida o‘tkazilishi mumkin.

Donald Tramp 30-aprel kuni Kim Chen In bilan uchrashish uchun muvofiq joy Pxanmunjom qishlog‘idagi “Tinchlik saroyi” bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют