» » Qarshida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil etiladi

Qarshida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil etiladi


Qarshi davlat universiteti tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida Qarshi davlat universiteti tuzilmasida muzey tashkil etilmoqda. Muzey Qarshi shahridagi Abu Ubayda ibn al-Jarroh ziyoratgohida joylashadi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli ko‘rsatmalari bilan respublikaning barcha hududlarida tashkil etilayotgan ushbu muzeylarda “Sovet davlati qatag‘on siyosatining boshlanishi (1926—1936)”, 1937—1938-yillardagi “Katta qirg‘in” oqibatlari, “1940—1950-yillarda O‘zbekiston janubida amalga oshirilgan siyosiy qatag‘onlar”, “1980-yillardagi qatag‘on”, “Paxta ishi” kampaniyasi o‘z aksini topadi. O‘z navbatida, yurt tinchligi uchun jonini ayamay kurashgan vatandoshlar nomi abadiylashtiriladi.

Ayni paytda Qarshi davlat universiteti tuzilmasida tashkil etilayotgan ushbu muzeyga sho‘ro hukumati davrida qatag‘onga uchragan o‘zbekistonliklarning fotosuratlari va ular haqida ma’lumotlar (tarjimayi hol, hujjatlari) hamda buyumlar qabul qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 125) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют