» » Nyu-Yorkda g’arbiy yarimshardagi eng baland tomosha maydonchasi qurilmoqda

Nyu-Yorkda g’arbiy yarimshardagi eng baland tomosha maydonchasi qurilmoqda


Nyu-Yorkning Xadson-Yard dahasida nafaqat shahar, balki butun g’arbiy yarimsharda eng baland bo‘ladigan tomosha maydonchasi qurilmoqda. Bu haqda ForumDaily nashri xabar qildi. 330 metrlik maydoncha balandligi bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinnni egallaydi va Gudzon daryosini tomosha qilish imkonini beradi.

Maydoncha 15 ta alohida seksiyadan iborat bo‘lib, ulardan har birining og’irligi 15 tonnadan 46 tonnagacha. Oynali pol esa ajoyib suratlar olish uchun mo‘ljallangan.

Ko‘rish maydonchasi qurilayotgan 90 qavatli bino Xadson-Yard dahasi-30 manzilida qad rostlaydi. Qurilishni Kohn Pedersen Fox Associates olib bormoqda. 2019-yili qurilishni yakunlash rejalashtirilgan. Bu Nyu-Yorkda One World Trade’dan keyingi eng baland ofis binosi bo‘lishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют