» » Xitoydagi eng baland binoning 118-qavatida kuzatuv maydonchasi ochildi

Xitoydagi eng baland binoning 118-qavatida kuzatuv maydonchasi ochildi


Xitoydagi eng baland bino hisoblanadigan Shanxay minorasida rasman kuzatish maydoni ochildi. Bu haqda “Jenmin jibao” nashri xabar bermoqda.

“Shanxay cho‘qqisi” deb nom olgan va ming kvadrat metr maydonga ega konstruksiya 118-qavatda, 546 metr balandlikda joylashgan. U poldan shiftgacha bo‘lgan oynavand devor bilan qurshalgan.

Maydonga tashrif buyuruvchilarni 546 metr balandlikni 55 soniyada ortda qoldiradigan tezkor liftlar olib chiqadi.

Ma’lumot uchun, Shanxay minorasi 2015-yilda qurilgan bo‘lib, uning balandligi 632 metrni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha bino dunyoda uchinchi o‘rinni egallaydi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 17:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют