» » TIVda Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TIVda Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi raisi Song Young-gil boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22—25-noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi va Prezident Mun Chje In va Janubiy Koreyaning boshqa rahbarlari bilan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda bo‘lib o‘tgan koreyalararo sammit va uning muvaffaqiyatli yakunlari ko‘p jihatdan Koreya Respublikasining “Yangi shimoliy siyosati”ni bosqichma-bosqich va har tomonlama o‘ylab amalga oshirishi natijasida erishilgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Muzokaralarda Koreya Respublikasi elchisi Kvon Yon U ham ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют