» » Elnur Abduraimov China Dragons’ga qarshi jangdan bir kun oldin jarohat olgani uchun ringga chiqmagan

Elnur Abduraimov China Dragons’ga qarshi jangdan bir kun oldin jarohat olgani uchun ringga chiqmagan


Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning 1-turini O‘zbekiston terma jamoasi safarda o‘tkazib, Xitoyning China Dragons klubiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Unda Mironshoh Ibragimov (-49) va Abdulhay Shorahmedov (-56) xitoylik sportchilarni mag‘lub etgan etgan bo‘lsa, Ulug‘bek Haqberdiyev (-75) hamda Bobur Yo‘ldoshev (-91) imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Uzbek Tigers safida Elnur Abduraimov (-64) ham ringga chiqib, terma uchun 1 ochko ishlab olishi mumkin edi. Biroq u ringga chiqmaslikni afzal bildi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Elnur Abduraimov jangdan bir kun oldin bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotda jarohat olgan. Bu esa unga ertasi kuni ringga chiqish imkoniyatini bermagan.

Ma’lumot uchun, terma jamoani To‘lqin Qilichev va Rahmatjon Ro‘ziohunov murabbiy sifatida Xitoyga olib borgandi. Jamoaning tibbiy masalalariga esa Komil Rasulov javobgar bo‘lgan.

Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning 2-turini ham O‘zbekiston terma jamoasi safarda o‘tkazadi. Uzbek Tigers jamoasining navbatdagi raqibi Qozog‘istonning Astana Arlans klubi bo‘ladi.

To‘qnashuvlar 18-fevral kuni Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida o‘tadi. Unda ham odatga ko‘ra Qozog‘iston va O‘zbekistonning besh nafardan bokschisi o‘zaro ringga ko‘tariladi. Astana Arlans 1-turni Moskva shahrida Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasiga qarshi o‘tkazib, 3:2 hisobida ustun kelgandi.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют