» » Boks: 8 ta jang 8 ta g‘alaba. Azizbek Abdug‘ofurov WBC Silver chempionlik kamari? sohibiga aylandi, Qudratillo Abduqahhorov yana g‘alaba qozondi

Boks: 8 ta jang 8 ta g‘alaba. Azizbek Abdug‘ofurov WBC Silver chempionlik kamari? sohibiga aylandi, Qudratillo Abduqahhorov yana g‘alaba qozondi


5-may sanasida Toshkentda o‘zbekistonlik professional bokschilar ishtirokida jang oqshomi bo‘lib o‘tishi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Hozirgina barcha janglar o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.

Boks oqshomining birinchi jangi super yengil 63,5 vazn toifasida o‘zbekistonlik Jamshid Najmiddinov (17 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, 0 durang) gruziyalik Anzor Gamgebeliga qarshi ringga chiqdi. Birinchi raunding o‘zida raqibini 3 marta nokdaun holatiga tushirgan Jamshid jangni muddatidan avval o‘z foydasiga hal etdi. Bu uning prof boksdagi 18-g‘alabasi bo‘ldi.

Ikkinchi jang Bekzod Tursunboyev hamda indoneziyalik Roy Muxlis o‘rtasida kechdi. Bekzod Tursunboyev prof boksdagi birinchi jangining birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi. Shu tariqa ikkinchi jang ham o‘zbekistonlik bokschi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Kechaning uchinchi jangi birinchi og‘ir vazn 90 kg toifasi vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik Umid Rustamov gruziyalik David Ribakoniga qarshi ringga ko‘tarildi. Bu jang Umidning faoliyatidagi to‘rtinchisi edi. Uchchala jangda ham g‘alabaga erishgan bokschi to‘rtinchi jangni ham o‘z foydasiga hal etdi. U raqibi Ribakonini 3-raundda nokautga uchratib g‘alabaga erishdi.

To‘rtinchi jangda yana bir o‘zbek bokschisi 69,85 kg vazn toifasida Ulug‘bek Sobirov gruziyalik Jorji Ungiadzega qarshi ringga ko‘tarildi. Bu jang ikkinchi raunddayoq yakuniga yetdi. Ulug‘bek raqibini nokautga uchratdi.

Beshinchi jangda 53,52 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Olim Nazarov gruziyalik Kvicha Gigolashviliga qarshi ringga chiqdi. 10 raund davom etgan jangda Olim Nazarov ochkolar bo‘yicha g‘alabaga erishdi.

Oltinchi jang 66,67 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Jasur Abdurahmonov indoneziyalik Steviye Ongen Fernandusga qarshi ringga ko‘tarildi. 8 raund davom etgan jangda Jasur Abdurahmonov ochkolar hisobiga g‘alaba qozondi va o‘zining prof boksdagi g‘alabalari sonini beshtaga yetkazib oldi.

Yettinchi jangda WBC Silver chempionlik kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorov tanzaniyalik Tvaxa Kidukuga qarshi ringga ko‘tarildi. 66,6 kg vaznda 8 raund etib jangda hakamlar bir ovozdan Qudratilloni g‘olib deb topdi.

Oqshomning sakkizinchi, markaziy jangida o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov sobiq jahon chempioni rossiyalik Dmitriy Chudinovga qarshi ringga ko‘tarildi. 12 raund bo‘lib o‘tgan jangda Abug‘ofurov g‘alabaga erishib, WBC Silver chempionlik kamari sohibiga aylandi.

Shu tariqa oqshomdagi barcha janglarda o‘zbekistonlik bokschilarning qo‘li baland keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 01:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют