» » Bugun Toshkentda WBC Silver kamari uchun jang bo‘ladi

Bugun Toshkentda WBC Silver kamari uchun jang bo‘ladi


Avval xabar berilganidek, bugun, 5-may sanasida Toshkentda o‘zbekistonlik professional bokschilar ishtirokida jang oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Kechaning markaziy jangi o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov ishtirokida bo‘ladi. O‘sha kuni bokschi vakant bo‘lib turgan WBC Silver kamari uchun rossiyalik Dmitriy Chudinovga qarshi jang qiladi.

Ma’lumot uchun Azizbek professional ringdagi faoliyati davomida 10 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (4 tasida nokaut bilan). Tajribali Dmitriy Chudinov esa 25 ta jangda qatnashgan va ularning 21 tasida g‘alaba qozongan (13 tasi nokaut bilan). 2 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, yana ikkita to‘qnashuvda durang qayd etgan.

Boks oqshomida, shuningdek, Qudratillo Abduqahhorov, Jamshid Najmiddinov kabi taniqli bokschilar ham ringga ko‘tariladi.

Jang oqshomi dasturidan quyidagi to‘qnashuvlar o‘rin olgan:

Janglar “O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют