» » Fazliddin G‘oibnazarovning prof boksdagi 4-raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

Fazliddin G‘oibnazarovning prof boksdagi 4-raqibi nomi ma’lum bo‘ldi


Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda AQShda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Murabbiy Abror Tursunpo‘latovning ma’lum qilishicha, Fazliddin G‘oibnazarov 12-may kuni meksikalik Jezus Silveyraga qarshi jang qiladi.

Meksikalik bokschi professional faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazgan va ularning 8 tasida g‘alaba qozongan (shulardan 3 tasi nokaut), beshta jangda mag‘lubiyatga uchragan, ikkitasida durang qayd etilgan.

Fazliddin esa professional ringda uchta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (shulardan 1 ta nokaut).

Ma’lumot uchun jang 12-may (Toshkent vaqti bilan 13-may tongda) kuni Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden’da bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют