» » Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi o‘zining uchinchi jangida ham g‘olib chiqdi. Navbatdagi raqib nomi ham ma’lum (video)

Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi o‘zining uchinchi jangida ham g‘olib chiqdi. Navbatdagi raqib nomi ham ma’lum (video)


Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari chempioni, o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov AQShning Arizona shtati Tuson shahrida faoliyatidagi uchinchi jangida raqibi ustidan g‘alab qozondi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.

Uning raqibi meksikalik Viktor Rosas bo‘ldi. Sakkiz raundga belgilangan jang ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi.

Toni Zayno hakamlik qilgan jangda o‘zbekistonlik bokschi ochkolar hisobi bo‘yicha raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Kris Uilson, Dennis O’Konnel va Rubin Rokki Teylor bir xil 80:72, 80:72, 80:72 hisobida g‘alabani G‘oibnazarovga taqdim etishdi.

10-oktabr kuni 30 yoshga to‘ladigan Rosas profi ringda bugungisi bilan hisoblaganda 16 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 9 tasida g‘alabaga erishgan. Uchta jangini nokaut bilan yakunlagan. Mag‘lubiyatlari soni 7 taga yetdi. Fazliddin esa professional boksdagi uchinchi g‘alabasini tantana qildi.

Eslatib o‘tamiz, Fazliddin G‘oibnazarov mashhur promouter Bob Arumga tegishli Top Rank promouterlik kompaniyasi bayrog‘i ostida o‘z janglarini o‘tkazib kelyapti.

E’tiborlisi, G‘oibnazarovning navbatdagi jangi qachon, qayerda va hatto kimga qarshi o‘tkazilishi ham ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, bokschi 9-dekabr kuni AQShning Nyu-York shahridagi o‘z bag‘riga 5 500 tomoshabinni sig‘dira oluvchi muhtasham Madison Square Garden arenasida ringga ko‘tariladi.

Fazliddinning professional ringdagi to‘rtinchi raqibi meksikalik Aleksis Del Boske bo‘ladi. 22 yoshli Boske faoliyati davomida 17 ta jang o‘tkazib, shularning 13 tasida g‘alabaga erishgan. To‘qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. To‘rt bor mag‘lub bo‘lgan. Bitta jangda nokautga uchragan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-09-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют