» » Fazliddin G‘oibnazarovning professional boksdagi ilk raqibi aniq bo‘ldi. Jang AQShda o‘tadi

Fazliddin G‘oibnazarovning professional boksdagi ilk raqibi aniq bo‘ldi. Jang AQShda o‘tadi


O‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarovning professional ringdagi ilk raqibi nomi aniq bo‘ldi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.

Rio—2016 qahramoni o‘zining ilk jangini 22-aprel kuni o‘tkazishi avvalroq ma’lum qilingan bo‘lib, to‘qnashuvga AQShning Kaliforniya shtati Karson shahrida joylashgan StubHub Center arenasi mezbonlik qilishi aytilgandi. O‘sha kuni G‘oibnazarov amerikalik Viktor Vaskesga qarshi ringga chiqadigan bo‘ldi.

Viktor Vaskes 1995-yil AQShning Nyu-York shahrida dunyoga kelgan. U professional boksda hozirga qadar 9 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 7 tasida raqiblarini mag‘lub etgan. 3 ta jangda raqiblari nokaut qabul qilib olgan.

Vaskes hisobida 2 ta mag‘lubiyat ham bor. Ularning birida amerikalik charm qo‘lqop ustasi nokaut holatidan chiqib keta olmagan.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют