» » Menni Pakyaoga promouterlik qilgan Bob Arum kompaniyasi Fazliddin G‘oibnazarov bilan shartnoma imzoladi

Menni Pakyaoga promouterlik qilgan Bob Arum kompaniyasi Fazliddin G‘oibnazarov bilan shartnoma imzoladi


O‘zbekistonlik bokschi, Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov faoliyatini professional boksda davom ettiradi, deb xabar berdi “Olamsport”.

Shu vaqtda qadar AQShda bo‘lib turgan charm qo‘lqop ustasi bir qator promouterlik kompaniyalari bilan muzokara olib borayotgan bo‘lib, ular orasida mashhur bokschi Menni Pakyao bilan hamkorlik qilgan Bob Arum kompaniyasi ham bor edi. O‘zbekistonlik bokschi professional maydondagi karyerasini aynan Arum bilan boshlashga qaror qildi.

Fazliddin G‘oibnazarovga Oskar De La Xoyyaning Golden Boy promouterlik kompaniyasining ham og‘iz solgani aytilgandi. Ammo o‘zbekistonlik bokschining tanlovi Golden Boy bo‘lmadi.

Shartnoma shartlari nimalardan iborat ekani va u o‘z ichiga qanday vazifalarni olishi ma’lum qilinmagan.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 07:58)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют