» » Video: O‘zbekistonda tarixda ilk bor tank biatloni bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Video: O‘zbekistonda tarixda ilk bor tank biatloni bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi


Toshkent viloyatidagi “Chirchiq” umumqo‘shin dala o‘quv maydoni bazasida qurilgan tank biatloni bo‘yicha musobaqa o‘tkazish maxsus maydonida 6-may, yakshanba kuni O‘zbekistonda ilk bor tank biatloni musobaqasi o‘tkazildi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati musobaqadan videolarni taqdim etdi.

O‘zbekistondagi ilk tank biatloni o‘tkazishga maxsus maydoni tank, piyodalar va desantchilar jangovar mashinalari hamda zirhli transportyorlarda sun’iy hovuz, minalashtirilgan va manyovr bajarish maydoni, tankka qarshi chuqur, qo‘rg‘on, eskarp (tankka qarshi devor), kolleyali ko‘prik maketi va otish maydonchasi kabilardan o‘tishlari uchun mo‘ljallangan to‘siqlardan iborat.

Maxsus tank yo‘lagining umumiy uzunligi 4200 metr bo‘lib, xalqaro miqyosda o‘tkaziluvchi tank biatloni maydonlari talablariga javob beradi. “Mashqurilishinvest” kompaniyasi tomonidan qurilgan maydonda musobaqalarni kuzatish uchun 3 qavatli 12 metr balandlikdagi minora, harbiy texnika va shaxsiy tarkibning paradini o‘tkazish uchun uzunligi 600 va eni 20 metrli saf maydoni mavjud.

Otish mashqlarini bajarishda pushkalar uchun tezligi 1000 m/s dan kam bo‘lmagan o‘q-dorilardan foydalaniladi. Musobaqaning amaliy bosqichi “Yakka tartibdagi (individual) poyga” bilan boshlanadi. “Yakka tartibdagi (individual) poyga” tabiiy va sun’iy to‘siqlari mavjud bo‘lgan, jangovar yo‘lakcha va otish uchun okop (maydoncha)lar bilan jihozlangan yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют