» » APL. “Chelsi” “Liverpul”ni mag‘lub etdi, “Arsenal” esa Vengerning “Emireyts”dagi so‘nggi o‘yinida “Byornli”ga javobsiz beshta gol urdi

APL. “Chelsi” “Liverpul”ni mag‘lub etdi, “Arsenal” esa Vengerning “Emireyts”dagi so‘nggi o‘yinida “Byornli”ga javobsiz beshta gol urdi


Bugun, 6-may sanasida Angliya premyer ligasining 37-turidan o‘rin olgan 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, muddatidan avval Angliya chempioni bo‘lgan “Manchester Siti” o‘z uyida “Xaddersfild”ni qabul qilib, golsiz durang qayd etdi.

Turning markaziy o‘yinida “Chelsi” o‘z uyida “Liverpul”ni qabul qildi. O‘yin taqdirini Olivye Jiru tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi. “Chelsi” bu g‘alaba orqali 4-o‘rindagi “Tottenhem”ga yaqinlashib oldi.

“Arsenal” esa Arsen Vengerning “Emireyts” stadionidagi so‘nggi uchrashuvida yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi. “Kanonirlar” “Byornli” darvozasiga javobsiz beshta gol urishning uddasidan chiqdi.

Angliya premyer ligasi

37-tur bellashuvlari

6-may, yakshanba

“Manchester Siti”: Ederson, Stouns (Bernardu Silva, 73), Otamendi, Uoker, Delf (Mendi, 57), Silva, Fernandino, Sterling, de Bryuyne (Gyundogan, 67), Sane, Gabriel Jezus.

“Xaddersfild”: Lyossl, Yorgensen, Shindler, Kongolo, Xaderdjonay, Pritchard (van La Parra, 82), Xogg, Smit, Muy, Leve (Meloun, 78), Munye (Depuatr, 60).

Ogohlantirishlar: Smit (66), Leve (76), van La Parra (87).

Gol: 1:0 – 32 Jiru.

“Chelsi”: Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ryudiger, Mozes (Dzappakosta, 89), Azar (Villian, 86), Fabregas (Pedro, 90), Kante, Bakayoko, Alonso, Jiru.

“Liverpul”: Karius, Lovren, Aleksander-Arnold, Robertson (Solanke, 74), van Deyk, Firmino, Milner (Moreno, 89), Salah, Veynaldum, Mane, Klayn (Xenderson, 59).

Ogohlantirishlar: Salah (39), Klayn (40), Alonso (79), Mozes (81), Kurtua (90).

Gollar: 1:0 – 14 Obameyang, 2:0 – 45 Lyakazett, 3:0 – 54 Kolashinats, 4:0 – 64 Ivobi, 5:0 – 75 Obameyang.

“Arsenal”: Chex, Chembers (Mertesaker, 77), Kolashinats, Belerin, Mavropanos, Mxitaryan, Djaka, Uilsher (Remzi, 72), Ivobi, Obameyang, Lyakazett (Uelbek, 72).

“Byornli”: Poup, Long, Uord, Louton, Tarkovski, Vestvud, Kork, Xendrik, Lennon (Nkudu, 71), Gudmundsson (Uells, 89), Barns (Vouks, 22).

Ogohlantirish: Tarkovski (44).?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют