» » Jizzax neftni qayta ishlash kompleksini qurish borasidagi loyiha Londonda taqdim etildi

Jizzax neftni qayta ishlash kompleksini qurish borasidagi loyiha Londonda taqdim etildi


Joriy yilning aprel oyida Buyuk Britaniya poytaxti Londonda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston neft va gaz sanoatining investitsiya salohiyati” energetika forumida O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika sohasidagi qator sarmoyaviy loyihalar orasida Jizzax viloyatida yangi zamonaviy neftni qayta ishlash kompleksi loyihasi ham taqdim etildi. Ushbu loyiha yiliga 5 million tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega. Bu haqda Jizzkh Petrolium qo‘shma korxonasi xabar berdi.

Mazkur loyiha 2017—2021-yillarda sanoatni modernizatsiya qilish, mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqish, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha vazifalarni belgilab beruvchi harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Yangi kompleksning afzalligi shundaki, O‘zbekiston xomashyoni Rossiya neftini Qozog‘istonga yetkazib beruvchi neft quvuri orqali oladi. Ma’lumki, “Omsk—Pavlodar—Chimkent” neft quvurining bir qismi Jizzax viloyati yaqinida joylashgan. U yerdan 100 kilometr uzunlikdagi quvur liniyasi barpo etish kifoya, bu xomashyoni tashish uchun eng kam xarajat hisoblanadi. Loyihaga ko‘ra, bu yerda yiliga 5 million tonna neftni qayta ishlash, shuningdek, “Yevro-5” standartiga muvofiq keluvchi 3,1 million tonna yoqilg‘i, 1 million tonna aviatsiya kerosini, suyultirilgan gaz, yoqilg‘i moyi, bitum va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Zavod qurilishi Jizzakh Petroleum QK tomonidan bosh pudratchi — Enter Engineering Ltd kompaniyasi hamda uning hamkorlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Majmuani loyihalashtirishda yetakchi xalqaro kompaniya — Amec Foster Wheeler (Buyuk Britaniya) ishtirok etmoqda.

Shuningdek, yetakchi konsultatsion kompaniyalar — Wood MacKenzie (Buyuk Britaniya), Nexant (AQSh) va Argus (Buyuk Britaniya) marketing tadqiqotlari olib bormoqda.

Korxona ishga tushirilishi bilan 2 ming kishi ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi. Neft-kimyo tarmog‘idagi har bir ish o‘rni yondosh sohalarda bir necha yangi ish o‘rni yaratadi. Loyiha realizatsiyasidan so‘ng mintaqa iqtisodiy segmentlarida yangi istiqbollar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, NQIM elektr energiyasining yirik iste’molchisiga va yuk yuboruvchiga aylanadi, bu energetik va transport sektorlarining rivojiga hissa qo‘shadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют