» » Astronomlar Quyoshning o‘limidan so‘ng nima yuz berishini aniqladi

Astronomlar Quyoshning o‘limidan so‘ng nima yuz berishini aniqladi


Quyoshning o‘limidan so‘ng uning yulduz tizimi chang va gazdan iborat ulkan yarqirovchi “pufak”ka aylanadi va bu ko‘rinishda bir necha ming yil mavjud bo‘ladi, keyin esa yo‘q bo‘lib ketadi. Bu haqda, astronomlarning Nature Astronomy jurnalidagi bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, kuzatuvlar Quyosh o‘lchamidagi yulduzlardan yorqin tuman yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Taxminan 4,5 — 5 milliard yildan keyin Quyosh o‘z vodorod zaxirasini sarflab bo‘ladi va geliyni yoqa boshlaydi. Natijada uning sathi o‘ta yuqori haroratgacha qiziydi, tashqi yonuvchan bulutlar esa Venera va Merkuriyni yutib yuboradi va Yerni hayotsiz qizigan sharga aylantiradi.

Yakunda Quyosh o‘zinng barcha tashqi gaz qatlamlaridan xalos bo‘ladi va kichkina oq sharga aylanadi. Biroq u avvalgi yadrosini saqlab qolgan holda qoldiq issiqlik hisobidan yorug‘lik tarqatishda davom etadi. Uning yorug‘ligi o‘zini o‘rab turuvchi gaz bulutini yoritadi va isitadi. Gaz bulutlar boshqa dunyolarning tungi osmonida yorqin dog‘ kabi ko‘rinadi, Quyosh tizimi esa sayyoralar tumanligiga aylanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют