» » O‘zbekistonda aloqa sohasidagi sifatsiz xizmat uchun jarima qo‘llash tartibi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda aloqa sohasidagi sifatsiz xizmat uchun jarima qo‘llash tartibi ishlab chiqildi


O‘zbekistonda innovatsion texnologiyalar joriy etilayotgani, mobil va optik tolali tarmoqlar kengaytirilayotganiga qaramay, aloqa sohasidagi xizmatlar bo‘yicha shikoyatlar soni ortmoqda. Bu haqda O‘zА xabar berdi.

Shu yilning birinchi choragida bunday murojaatlar soni 1,5 mingdan oshdi. Statistik tahlillar aksariyat murojaatlar internet-xizmatlar, telefon aloqasi, mobil aloqa va teleradioeshittirishlar bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatdi.

Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasining “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, hisob-kitob, qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlar talablari, davlat standartlari va aloqa, axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlariga rioya qilmaslik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarima) qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatildi.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “Unicon.uz” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda mazkur hujjat loyihasini ishlab chiqdi. Bu telekommunikatsiya tarmoqlari ko‘rsatayotgan xizmatlar bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablarini buzganlik uchun davlat nazoratini amalga oshirish va moliyaviy sanksiyalar (jarima) qo‘llash tizimini takomillashtirish imkonini beradi.

Ushbu hujjat telekommunikatsiya tarmoqlarining barqaror, uzluksiz va ishonchli ishlashi, iste’molchilarning o‘z vaqtida va sifatli aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlariga doir huquqlari himoyasini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining aloqa tarixi muzeyida bo‘lib o‘tgan davra suhbati aytildi.

Shuningdek, davra suhbatida operatorlarga kun tartibiga telekommunikatsiya bozoridagi mavjud muammolarni kiritish, mobil operatorlar va internet-provayderlar faoliyatidagi byurokratik to‘siqlar haqida so‘zlab berish imkoni taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют