» » O‘zbekistonda operator va provayderlar aloqa va internetning yomon sifati uchun jarima to‘laydigan bo‘ldi

O‘zbekistonda operator va provayderlar aloqa va internetning yomon sifati uchun jarima to‘laydigan bo‘ldi


Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Spot ma’lum qilindi. 

Mazkur qaror bilan 1-iyundan boshlab aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sohasida qonunchilik talablari va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda xizmatlar sifatini buzganligi uchun kompaniyalarga  moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) qo‘llanishi belgilangan.

Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) eng kam ish haqi miqdoriga bog‘langan. Ularni qonun buzilishi holatlarini aniqlaydigan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya belgilaydi. Kompaniya aybini tan olib, jarimani ixtiyoriy to‘lasa sanksiyalar inspeksiya tomonidan, buning aksi bo‘lsa, sud tartibida qo‘llanadi.

Masalan, kompaniya aybi bilan internet yomon ishlagani uchun har bir holat bo‘yicha eng kam ish haqining yarmi miqdorida jarima hisoblanadi.

Mobil internetning normativdan tashqari har bir uzilishi eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Mobil internetning o‘rtacha tezligi standartga to‘g‘ri kelmasligi aniqlanganda ham shunday miqdordagi jarima ko‘zda tutilgan. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют