» » Bill Geyts global epidemiyalarga xuddi urushga tayyor armiya kabi shay turishga chaqirdi

Bill Geyts global epidemiyalarga xuddi urushga tayyor armiya kabi shay turishga chaqirdi


Microsoft asoschisi Bill Geyts aprel oyida Bostondagi Yangi Angliya tibbiy jurnalining an’anaviy ma’ruzasida o‘tgan asrda yuz minglab kishilarning hayotiga nuqta qo‘ygan epidemiyalardan bugungi kunda millionlab odamlar halok bo‘lishi mumkinligini aytdi, deb yozadi Forbes.

“Doimiy ravishda yangi patogenlar paydo bo‘layotgani, bioterrorizm xavfi oshayotganini hisobga olganda hamda bir joydan boshqa joyga borish ancha osonlashayotganini nazarda tutgan holda, o‘limga olib keluvchi keng pandemiya ehtimoli ham o‘smoqda, va u bizning davrimizdayoq yuz berishi mumkin”, — dedi Geyts.

Geyts jamoatchilikni butun dunyoda shunga o‘xshash ofatlar oldini olish bo‘yicha tadbirlarni birgalikda muvofiqlashtirishga chaqirdi va buning uchun barvaqt aniqlash tizimi, yanada mukammalroq ilmiy baza va tezkor javob qaytarish tizimi talab etilishini aytdi.

Milliarderning fikricha, “dunyo xuddi urushga tayyor armiya kabi global epidemiyaga shay turishi kerak”. U, shuningdek, ilk zaruriyat tug‘ilgan zahoti kasallik tarqalishiga qarshi tezkor kurashga o‘rgatuvchi harbiylar zaxira korpusini va ko‘ngillilarni ajratishga chaqirdi. Microsoft asoschisi hukumatga dori-darmon ishlab chiqarish va farmatsevtika kompaniyasi xarajatlarini kompensatsiya qilish haqida bitimlar imzolashni, bunday dorilarni tasdiqlash haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddatini qisqartirishni tavsiya qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют