» » Bill Geyts dunyoning eng boy insoni maqomini yo‘qotishi bashorat qilindi

Bill Geyts dunyoning eng boy insoni maqomini yo‘qotishi bashorat qilindi


Microsoft asoschilaridan biri va dunyoning eng boy odami Bill Geyts xayriya ishlari tufayli bu maqomdan mahrum bo‘lishi mumkin. Bloomberg agentligiga ko‘ra, Amazon asoschisi Jeff Bezos yaqin vaqt ichida Geytsdan o‘tib ketishi mumkin.

Agar Geyts xayriya ishlari bilan shug‘ullanmasa, bu ssenariy amalga oshmasligi mumkin. Ayni paytda Geytsning davlati 87,5 milliard dollarga, Bezosning boyligi esa 85,8 milliard dollarga baholanmoqda, ammo Geyts o‘z vaqtida Microsoft aksiyalarining 700 milliontasini va 2,9 milliard dollarni xayriya ishlariga sarflamasa edi, uning boyligi hozir 150 milliard dollarga yetgan bo‘lardi.

Shunga o‘xshash vaziyat sayyoraning eng badavlat insonlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turgan Uorren Baffettda ham kuzatilmoqda. Agar Baffett o‘zining Berkshire Hathaway Inc. jamg‘armasidagi ulushlarni xayriyaga sarflamasa, uning boyligi bugungi kunda 135 milliard dollarni tashkil qilar, reytingda ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lar edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют