» » O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish o‘sdi, avtobus va yuk mashinalari esa — kamaydi

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish o‘sdi, avtobus va yuk mashinalari esa — kamaydi


O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar berdi.

Hisobotlarga ko‘ra, yanvar—aprel oylarida 51 005 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan, o‘tgan yilning xuddi shu davrida esa ushbu ko‘rsatkich 40 336 tani tashkil etgan. Shunday qilib ishlab chiqarish 26,4 foizga o‘sgan.

Benzin ishlab chiqarish esa 3,7 foizga o‘sib, 378,9 ming tonnani tashkil etgan (2017-yil yanvarida esa 365,5 ming tonnaga teng bo‘lgan).

Biroq yuk mashinalari va avtobuslarni ishlab chiqarish deyarli ikki barobarga qisqargan. 2017-yilning yanvar—aprel oylarida 300 dona avtobus va 1204 ta yuk mashinasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018-yilning ushbu davridagi ko‘rsatkich tegishli ravishda 144 va 854 taga teng.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yil yanvar—aprel oylarida respublika korxonalari tomonidan 60,3 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,6 foizni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют