» » Donald Trampning matbuot kotibi Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi yuzasidan bayonot berdi

Donald Trampning matbuot kotibi Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi yuzasidan bayonot berdi


Oldin xabar qilinganidek, Shavkat Mirziyoyev 15–17-may kunlari rasmiy tashrif bilan AQShda bo‘ladi.

O‘zAning eslatib o‘tishicha, O‘zbekiston Prezidenti amerikalik hamkasbi Donald Trampning taklifiga binoan 15–17 may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQShda bo‘ladi.

Shu munosbat bilan AQSh Prezidenti matbuot kotibi Sara Sandersning bayonoti e’lon qilindi:

2018-yil 16-may kuni Prezident Donald Tramp O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Oq Uyga ilk bor tashrifi munosabati bilan qabul qiladi. Prezident Tramp va Prezident Mirziyoyev umumiy manfaatli rejalarni davom ettirish va qator o‘zaro masalalarni hal etish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni qayta ko‘rib chiqadi. Shuningdek, ular O‘zbekistonning muhim islohotlarni amalga oshirish, savdo va investitsiyani kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni hal etish bo‘yicha erishgan yutuqlarini muhokama qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют