» » Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni AQShga tashrifi bilan qutladi

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni AQShga tashrifi bilan qutladi


AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni AQShga tashrifi bilan qutladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur tabrik maktubi O‘zbekiston Prezidenti sharafiga 21-sentabr kuni tashkil etilgan O‘zbekiston va AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan qabul marosimida o‘qib eshittirildi.

Qutlov izchil rivojlanib borayotgan O‘zbekiston va AQSh munosabatlarining bugungi holatini ifoda etib, ikki davlat Prezidentlarining mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida yakdilligini tasdiqladi.

Quyida ushbu tabrikning O‘zA tomonidan berilgan tarjimasi bilan tanishing.

Oq uy,

Vashington shahri,

2017-yil 20-sentabr

Melaniya va men O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi hamda Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi tomonidan tashkil etilgan qabul marosimining barcha qatnashchilarini tabriklaymiz.

Amerika xalqi nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi bilan chin dildan qutlaymiz. O‘zbekiston 1992-yildan buyon xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyo mintaqasini taraqqiy ettirish bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarimizda muhim sherikka aylandi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyotga sarmoya kiritish orqali hamda madaniy aloqalar va turli darajadagi hamkorlik asosida davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlab kelayotgan o‘zbekistonlik sheriklarimiz faoliyatini qadrlaydi. Qo‘shma Shtatlar o‘zaro do‘stlik rishtalarini rivojlantirish va kelgusi avlodlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lida olib borilayotgan ishlarni davom ettiradi.

Qabul marosimi barcha qatnashchilar uchun sermazmun o‘tishini tilayman.

Donald Tramp, AQSh prezidenti

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-09-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют