» » “Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

“Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi


“Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

Qaror qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash va modernizatsiya qilish hisobidan qishloq xo‘jaligini texnik jihatdan jihozlash darajasini yanada oshirish, agrotexnika ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan shakllantirilgan 2018-yilda hududlar kesimida, jumladan, lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishning qo‘shimcha hajmlari parametrlari tasdiqlandi.

Quyidagicha tartib o‘rnatildi:

qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish ustuvor ravishda bir yilda ikki marta –fevral-mart va sentyabr-oktyabr oylarida mahalliy va jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari ishtirokida o‘tkaziladigan hududiy yarmarkalar davomida amalga oshiriladi. Bunda fevral-mart oylarida qishloq xo‘jaligi texnikasini joriy yil uchun, sentyabr-oktyabr oylarida – kelgusi yil uchun yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha shartnomalar tuziladi;

ishlab chiqaruvchilarga qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun oldindan to‘lov yetkazib berilayotgan texnika narxining 80 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda texnikani yetkazib berish boshlanishidan 120 kundan kam bo‘lmagan muddatda, yakuniy hisob-kitob esa yetkazib berilgan texnika qabul qilingandan keyin 10 ish kuni davomida amalga oshiriladi;

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK 1-ilovaga muvofiq yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish uchun tovarlarni sotib olish bo‘yicha import kontraktlarining kompleks ekspertizasini amalga oshiradi.

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:

qishloq xo‘jaligi texnikasining mahalliy brendini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etishni nazarda tutgan holda Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish konsepsiyasini;

2018—2020-yillarda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining yangi ishlab chiqarishlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash yuzasidan investitsiya loyihalari ro‘yxati bilan birga qishloq xo‘jaligi texnikasining har bir turi bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini;

2018—2020-yillarda ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tarmoq kooperatsiyasi doirasida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va uning komponentlari tannarxini pasaytirish dasturini;

qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berishni moliyalashtirishni yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish bo‘yicha takliflarni kiritish yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют