» » Toshkent vokzali yaqinidagi “tanga tutib turgan qo‘llar” haykali o‘rniga favvora barpo etiladi

Toshkent vokzali yaqinidagi “tanga tutib turgan qo‘llar” haykali o‘rniga favvora barpo etiladi


Toshkent vokzali yaqinidagi “Tanga haykali” 4-may kuni kechqurun demontaj qilib olib tashlangani haqida xabar berilgan edi.

Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po‘latov ishtirokidagi matbuot anjumanida “Toshkent gerbi” yodgorligi o‘rniga nima qurilishi haqida ma’lumot berildi.

Bu hududda favvora barpo etiladi. Olib tashlangan yodgorlik qayerga o‘rnatilishi haqida hali qaror qabul qilinmadi. Hozirda u hokimlik nazoratida saqlanmoqda.

Ushbu hududga qoraqalpoq shoiri Berdaq haykali qaytarilgani munosabati bilan ‘Toshkent gerbi” yodgorligi olib tashlandi. Chunki bu ikkala yodgorlik arxitektura normalari jihatidan yaxlit ansambl yaratmaydi, degan xulosaga kelindi”.

Shuhrat Po‘latov, Mirobod tumani hokimi

Favvoraning orqa tomonida esa xiyobon qad rostlaydi. Hokimning aytishicha, qurilish ishlari may oyining oxiriga qadar yakunlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют