» » 104 yoshli olim evtanaziyadan so‘ng vafot etdi

104 yoshli olim evtanaziyadan so‘ng vafot etdi


Avstraliyaning eng keksa olimi, 104 yoshli ekolog Devid Gudoll Shveysariyada evtanaziya (tibbiy yo‘l bilan hayotni to‘xtatish) amaliyotidan keyin vafot etdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Olim Shveysariyaning Bazel shahridagi Life Circle klinikasida Betxovenning 9-simfoniyasini tinglagan holda olamdan o‘tdi. Avstraliyada evtanaziya taqiqlangani bois, olim Shveysariyaga borishga qaror qilgan va buning uchun 20 ming dollar mablag‘ yiqqan.

O‘limidan ikki kun avval Gudoll CNN kanaliga yashash unga rohat bag‘ishlamay qo‘ygani, 5-6 yil ilgari ko‘rish qobiliyati susayib hozirda harakatlanishga qiynalyotganini ma’lum qilgan.

U evtanaziyani boshqa mamlakatlarda ham qonuniylashtirish kerakligi haqida fikr bildirgan. Avstraliyaning Viktoriya shtati parlamenti 2017-yilning noyabrida evtanaziyani qonuniylashtirish haqida qaror qabul qilgan. Qonun 2019-yili kuchga kiradi. Qonun ko‘ra, evtanaziyani balog‘at yoshiga yetgan, 1 yildan kam umri qolgan shaxslarga nisbatan tatbiq qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Devid Gudoll evtanaziyani amalga oshirish niyati borligi haqida aprel oyida ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют