» » Endi Tojikiston hududiga kirgan o‘zbekistonliklar 3 kun ichida ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi

Endi Tojikiston hududiga kirgan o‘zbekistonliklar 3 kun ichida ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi


Tojikiston Respublikasining 2018-yil 2-yanvardagi 1471-sonli “Chet el fuqarolarining va fuqaroligi yo‘q shaxslarning Tojikiston Respublikasida huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, chet elliklar, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari ham Tojikiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Tojikiston hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan Tojikiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan 4000 somoni (taxminan 450 dollar)dan 4500 somoni (500 dollar)gacha miqdorda jarima jazosi qo‘llaniladi.

Batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan (www.tadjikistan.mfa.uz) yoki Elchixonaning konsullik bo‘limiga quyidagi telefon orqali murojaat qilib olish mumkin: +992 (37) 224- 75-42.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют