» » Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Prezidentiga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Prezidentiga ta’ziya bildirdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Prezidenti Joko Vidodoga va do‘st Indoneziya xalqiga Surabaya shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

“Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlarga esa qisqa muddatda sog‘ayishlarini tiladi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 13-may kuni Indoneziyaning Surabaya shahrida yuz bergan portlashlar oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют