» » Moskvada “Ramazon chodiri” ochildi

Moskvada “Ramazon chodiri” ochildi


Moskvada “Ramazon chodiri”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

13-marotaba ochilgan “Ramazon chodiri” doirasida oy davomida har kuni turli mavzudagi suhbatlar, viktorinalar, interaktiv muloqot va faxriy mehmonlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bu yilgi loyiha eng keng ko‘lamlisi bo‘lib, kuniga 500 ga yaqin mehmonni o‘z ichiga oladi.

16-maydan boshlab “Ramazon chodiri” barcha uchun eshiklarini ochadi va an’anaga muvofiq turli millat va din vakillarini iftorlikka chorlaydi.

Butun oy davomida bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun Rossiyaning milliy respublikalari, yaqin va uzoq xorij davlatlarning kechalari o‘tkaziladi. Jumladan, O‘zbekiston, Turkiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Ingushetiya, Qorachoy-Cherkesiya, Dog‘iston, Tatariston va boshqa davlat hamda respublikalar oqshomlari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют