» » Ramazon mavsumida 650 nafar o‘zbekistonlik umra ziyoratiga boradi

Ramazon mavsumida 650 nafar o‘zbekistonlik umra ziyoratiga boradi


“Umra-2017” Ramazon mavsumi davomida 650 nafar o‘zbekistonlikning umra ziyoratiga borishi rejalashtirilgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilgi Ramazon mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etadi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladi.

Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 4 nafar ishchi guruhi a’zosi, 13 nafar guruh rahbari, 3 nafar shifokor hamda 2 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatadi.

Umra ziyoratiga tayyorgarlik doirasida barcha ziyoratchilar mavsumiy kasalliklarga qarshi emlanib, davlat ramzi tushirilgan kamzul va sumkalar bilan ta’minlanadi. 

Ziyoratchilarni “Toshkent” xalqaro aeroportida kuzatish va kutib olish ishlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK o‘rtasidagi kelishuvga asosan, “Umra-2017” Ramazon mavsumi ziyoratchilarini kuzatish va kutib olish 13-iyundan 29-iyunga qadar davom etadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-05-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют