» » “Umra-2017” bahor mavsumi nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekistondan jami 5500 nafar fuqaro umra amallarini bajarib qaytdi

“Umra-2017” bahor mavsumi nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekistondan jami 5500 nafar fuqaro umra amallarini bajarib qaytdi


2017-yil 11-aprel kuni Toshkent – Jidda yo‘nalishi bo‘yicha ketgan so‘nggi o‘zbekistonlik ziyoratchilar umra arkonlarini to‘liq bajarib, sog‘-salomat O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Ziyoratchilarni Toshkent xalqaro aeroportida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh kutib oldi. Ziyoratchilar 10 kun davomida Saudiya Arabistonining Makka va Madina shaharlarida bo‘lib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi.

Shu yilning 20-fevralidan 11-apreliga qadar o‘zbekistonlik ziyoratchilarning Saudiya Arabistoni podshohligiga umra safarlari tashkil etildi.

Ziyorat 10 kunni tashkil etdi. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 8 nafar ishchi guruh, 27 nafar shifokor va 8 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatdi.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar istiqomat qilishlari uchun Madina shahrida “Masjidi nabaviy”dan 100-150 metr masofada joylashgan to‘rt yulduzli “Mavadda Nur”, Makka shahrida esa “al-Haram” masjididan 800 metr uzoqlikdagi “Abroj al-Kisva” mehmonxonalari xizmat ko‘rsatdi.

“Umra-2017” bahor mavsumi muvaffaqiyatli yakunlanib, unda O‘zbekistondan jami 5500 nafar fuqaro umra amallarini bajarib qaytdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют