» » Tojikistonga kiradigan O‘zbekiston avtotransporti uchun majburiy sug‘urta joriy etildi

Tojikistonga kiradigan O‘zbekiston avtotransporti uchun majburiy sug‘urta joriy etildi


4-may kuni Tojikiston hukumati tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, 12-maydan boshlab O‘zbekiston avtotransport vositalari, boshqa o‘zi yurar mashinalari va mexanizmlarining Tojikiston bojxona hududiga kirishiga sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirdagina ruxsat beriladi. Bu haqda Asia-Plus “Tojiksug‘urta” DUK kadrlar va axborot bo‘limi boshlig‘i Alomudin Aliyevga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yengil avtomobillar haydovchilari uchun sug‘urta badali 461,25 somoni (52 dollar)ni tashkil qiladi. O‘zbekistonning yuk mashinalari uchun sug‘urta yig‘imlari 768,75 (85 dollar) somoni, avtobuslar uchun — 615 somoni (68 dollar), mikroavtobuslar uchun — 553,50 somoni (61 dollar), traktor, kombayn va boshqa o‘zi yurar mashina va mexanizmlar uchun — 307,50 somoni (34 dollar), mototransport uchun — 215,25 somoni (23 dollar) miqdorida belgilandi.

Sug‘urta polisining amal qilish muddati — bir oy.

“Tojiksug‘urta” vakili Tojikiston tomonidan belgilangan stavkalar avvalroq O‘zbekiston tomonidan Tojikiston avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirishi uchun belgilangan stavkalar bilan deyarli bir xil miqdorda ekanligini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют