» » Andijonda shar’iy nikoh maxsus ruxsatnomaga ega imom tomonidan o‘qilishi qat‘iy belgilab qo‘yildi

Andijonda shar’iy nikoh maxsus ruxsatnomaga ega imom tomonidan o‘qilishi qat‘iy belgilab qo‘yildi


O‘zbekistonda oilani mustahkamlash, erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi hamda shar’iy nikohlarni tartibga solish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Andijon viloyatida ham mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar ijobiy samaralar bermoqda.

“O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksida nikoh yoshi qat’iy belgilangan bo‘lsa-da, qizini erta turmushga berish, o‘g‘lini uylantirish, yaqin qarindoshlarning quda-anda bo‘lishi kabi salbiy holatlar, afsuski, kuzatilmoqda. Yigit-qiz o‘rtasida nikoh rishtasini bog‘lashdan avval ularning balog‘at va kamolotga yetganiga e’tibor qaratish lozim. Nikohga kirishdan oldin yoshlar har jihatdan oilaviy hayotga tayyor, zarur bilim va tushunchaga ega bo‘lishi kerak. Shundagina barpo bo‘layotgan yangi oilaning poydevori mustahkam bo‘ladi va hayotning turli sinovlariga dosh bera oladi”, – deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov.

Nikohga kiruvchilar muayyan bilim va tajribaga ega bo‘lishi, ham jismonan, ham ma’nan oila qurishga tayyor bo‘lishi shart. Lekin ayrim ota-onalar tomonidan ana shu jihatlarga yetarlicha e’tibor qaratilmayotgani tufayli qizlarni erta turmushga berish holatlari kuzatilmoqda.

Erta nikoh holatlari tahlil qilinganda, aksariyat oilalarda ma’naviy muhit barqaror emasligi, farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik bilan qaralgani aniqlangan. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakilligi tomonidan viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla fuqarolar yig‘inlari, Yoshlar ittifoqi faollari va boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida mahallalarda ota-onalar, ta’lim muassasalari o‘quvchilari ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar salbiy oqibatlarining oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

“Qonuniy nikohdan, tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan oila qurilishiga, ayniqsa, erta nikohga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Turli tadbir va marosimlarda aholiga ana shunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida tushuntirishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, erta nikohning oldini olish maqsadida shar’iy nikohlar faqat maxsus ruxsatnomaga ega imomlar tomonidan qonuniy nikohdan o‘tilgandan so‘nggina o‘qilishi qat’iy belgilab qo‘yildi”, – deydi Andijon shahridagi “Abu Hurayra” jome’ masjidi imom-xatibi Sh.Musaboyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют