» » O‘zbekiston aholisi yigitlar 24—25 yoshda, qizlar esa 21—23 yoshda oila qurishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi

O‘zbekiston aholisi yigitlar 24—25 yoshda, qizlar esa 21—23 yoshda oila qurishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi oila va nikoh, farzand tarbiyasi, fuqarolarning ijtimoiy maqsad va intilishlariga bag‘ishlangan so‘rov o‘tkazdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etishlaricha, so‘rovda O‘zbekistonning barcha hududlaridan turli aholi qatlamlari vakillari ishtirok etgan. So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlar soni haqida batafsil axborot berilmagan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, “yigitlar 24—25, qizlar 21—23 yoshda oila qurishi maqsadga muvofiq, yoshlar oila qurishdan avval ta’lim olishi, kasb egallashi, iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lishi zarur”, degan fikrdagi fuqarolar ko‘payib bormoqda.

So‘rovni o‘tkazish jarayonida fuqarolar yoshlarni turmushga tayyorlash va bu bilan ota-onalar shug‘ullanishi lozimligini ta’kidladi. Ota-onalar mustahkam oila qanday bo‘lishi, er-xotin bir-biriga va farzandlariga qanday munosabatda bo‘lishi, nikoh-oila masalasiga taalluqli holatlarda qanday yo‘l tutishi kerakligini o‘zlari misolida ko‘rsatishi kerak.

O‘zbekistonliklar mamlakat Oila kodeksida belgilangan qoidalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Kodeksga muvofiq turmush qurayotgan yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va o‘z salomatligi to‘g‘risida bir-birini xabardor qilishi lozim.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют