» » AQSh Senati MRB rahbari lavozimiga Jina Xaspel nomzodini tasdiqladi

AQSh Senati MRB rahbari lavozimiga Jina Xaspel nomzodini tasdiqladi


17-may, payshanba kuni AQSh Senati Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) rahbari lavozimiga Jina Xaspel nomzodini tasdiqladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Jina Xaspel 2017-yil fevralidan boshlab MRB rahbari Mayk Pompeoning o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Pompeoni 2018-yilning martida Donald Tramp davlat kotibi lavozimiga tavsiya qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Xaspel MRBdagi faoliyati davomida 1990-yillarda Rossiya va Markaziy Osiyoda ishlagan. 2000-yillarning boshida MRBning Tailanddagi maxfiy qamoqxonasi rahbari bo‘lgan. 2002-yili Xaspel  maxfiy qamoqxonada terrorizmda gumon qilingan ikki shaxs qiynoqqa tutilishini kuzatgan va buni tasdiqlovchi videokassetalar yo‘q qilinishida ishtirok etgan.

Jina Xaspel — Markaziy razvedka boshqarmasining birinchi ayol rahbari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют