» » Snouden MRBning yangi direktori Yevropada hibsga olinishi mumkinligini bildirdi

Snouden MRBning yangi direktori Yevropada hibsga olinishi mumkinligini bildirdi


Markaziy razvedka boshqarmasining yangi direktori Jina Xaspel Yevroittifoq davlatlarida hibsga olinishi mumkin. Bu haqda AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden ma’lum qildi deya xabar beradi Forum Daily.

“Odamlarni qiynashda ishtirok etgan MRB yangi direktori Xaspel Yevroittifoqqa boshqa maxsus xizmatlar rahbarlari bilan uchrashuvlarga kelishida hibsga olinish xavfi yo‘q emas. Bunga Konstitutsiyaviy huquqlar va inson huquqlari bo‘yicha Yevropa markazining Germaniya prokuraturasiga shikoyati asos bo‘lib xizmat qiladi”, — deya yozuv qoldirdi Snouden Twitter’dagi sahifasida. 

The New York Times nashriga ko‘ra, 2002-yilda Jina Xaspel Tailanddagi maxfiy qamoqxonada terrorizmda gumon qilingan ikki shaxs qiynoqqa tutilishini kuzatgan va buni tasdiqlovchi videokassetalar yo‘q qilinishida ishtirok etgan. 

2017-yil iyunida Konstitutsiyaviy huquqlar va inson huquqlari bo‘yicha Yevropa markazi Germaniya rasmiylaridan terrorizmda gumon qilinganlarni qiynash ishi bo‘yicha Xaspelni qamoqqa olishga order berishni so‘radi. Bunga MRBning Tailanddagi maxfiy qamoqxonada 83 marotaba qiynoqqa tutilgan Abu Zubaydaning ishi sabab bo‘ldi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют