» » Snouden amerikaliklar Afg‘onistonda aslida nimani bombardimon qilganini aytdi

Snouden amerikaliklar Afg‘onistonda aslida nimani bombardimon qilganini aytdi


Amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden o‘z Twitter’ida ma’lum qilishicha, AQSh Afg‘onistonga bergan zarba jangarilarning AQSh tomonidan moliyalashtirilib qurilgan tunnellariga tekkan, deb yozadi “RIA Novosti”.

Gap Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi Tora-Bora g‘or majmuasi haqida bormoqda. O‘z so‘zlari tasdig‘i sifatida Snouden New York Times gazetasidagi maqoladan parchani keltirdi.

“Tora-Bora mujohidlar uchun qurilgan istehkomli baza, majmua bo‘lgan, u qisman Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan moliyalashtirilgan”, — deyiladi maqolada.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Qurolli Kuchlari 13-aprel kuni Afg‘onistondagi IShID terrorchilari obyektlariga o‘zining eng qudratli aviabombasi — GBU-43/B’ni tashlagani, mazkur bombadan ilk bor jangovar sharoitda foydalanilgani xabar berilgan edi.

Опубликовано: admin (14-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют