» » Mutasaddilar — peshonaga “2” qo‘yish holatlari haqida: “O‘qituvchilar yillar davomida jamoat ishlariga jalb qilingani o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda” (video)

Mutasaddilar — peshonaga “2” qo‘yish holatlari haqida: “O‘qituvchilar yillar davomida jamoat ishlariga jalb qilingani o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda” (video)


Bekobod shahar prokuraturasi 14-may kuni Toshkent viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Bekobod shahridagi 5-maktabda o‘quvchilarning peshonasiga “2” baho qo‘yilishi holati yuzasidan tekshirish boshladi.

15-may kuni esa viloyat xalq ta’limi boshqarmasining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi Bekobod shahridagi 5-maktabda bo‘lib o‘tgan, deya xabar bermoqda “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi.

Bu holat bugun bo‘lib qolmagan. Men ommaviy axborot vositalariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Sababi, bu haqda maqolalar berilmaganida edi, bolalarimiz bundan-da yomonroq qiynalgan bo‘lardi. Uzoq yillar davomida pedagoglarimizni har xil jamoatchilik ishlariga jalb qilib keldik. Bu esa qaysidir ma’noda ularning faoliyatida bo‘shliqlar paydo yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.

Shukur Burhonov, Toshkent viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

Xabar berishlaricha, aynan shu hay’at yig‘ilishida maktab direktori, bolalarning peshonasiga “2” baho qo‘ygan o‘qituvchilar, shuningdek, maktab direktorining o‘rinbosarlari ham ishdan haydalgan.

Mavzuga doir:Bekoboddagi peshonasiga “2” baho qo‘yilgan o‘quvchilar “o‘qituvchilar jangi” sabab jabrlangan (video)

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 17-aprel kuni bosh vazir raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, shuningdek, hukumatning 10-maydagi qarori bilan mutasaddilarga fuqarolarni, jumladan, o‘qituvchilarni hududlarni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari, metall chiqindilari va makulatura yig‘ish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga jalb qilish holatlariga zudlik bilan chek qo‘yish haqida ko‘rsatma berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют