» » Shavkat Mirziyoyev Andijondagi bananzor bilan tanishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Andijondagi bananzor bilan tanishdi (foto)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida 19-may kuni Asaka tumanidagi gidroponika usulida banan va pomidor yetishtiruvchi issiqxonalarni borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 2-iyunida Andijon viloyatida bo‘lganida unga Asaka tumanida zamonaviy issiqxona qurish loyihasi taqdim etilgan edi.

“Tadbirkor tashabbusi va davlat ko‘magi natijasida ushbu loyiha qisqa davrda ro‘yobga chiqdi. ‘Sabo hamkor’ kompaniyasi tomonidan gidroponika usulida banan va pomidor yetishtiriluvchi issiqxonalar bunyod etildi. Turkiyaning Asya Modern Serachilik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan innovatsion uskunalar olib kelindi”, — deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev mazkur issiqxonalarga tashrifi davomida kompyuter orqali boshqariladigan sovutish va sug‘orish tizimi bilan tanishdi.

Qayd etishlaricha, hozirgi vaqtda 2 gektarlik issiqxonada banan ko‘chatlari parvarishlanmoqda. Birinchi mavsumda bu mevadan 250-300 tonna hosil olish kutilmoqda.

Pomidor ko‘chatlari ekilgan 1 gektarlik issiqxonadan joriy yilda 300 tonna hosil olish va qo‘shni davlatlarga eksport qilish mo‘ljallanmoqda. Korxonada 40 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratilgan.

“Jamiyat tomonidan kelgusida ushbu zamonaviy issiqxona majmuasini kengaytirish, mahsulotni qayta ishlash va saqlash sharoitini yaratish rejalashtirilmoqda”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Mavzuga doir: Video: Andijondagi bananzor! Uning egasi yiliga 400 ming dollargacha daromad olmoqchi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют