» » Ramzan Qodirov: Grozniyda jangarilar cherkovga kelganlarni garovga olishga urindi. Ikki politsiyachi va bir ziyoratchi halok bo‘ldi

Ramzan Qodirov: Grozniyda jangarilar cherkovga kelganlarni garovga olishga urindi. Ikki politsiyachi va bir ziyoratchi halok bo‘ldi


Checheniston poytaxti Grozniyda Arxangel Mixail pravoslav cherkovi tashrifchilarini garovga olishga uringan to‘rt nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Interfaks”ga ma’lum qilgan.

Maxsus operatsiya davomida ikki politsiyachi va cherkovning bir ziyoratchisi halok bo‘lgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi axborotida esa yana ikki politsiyachi yaralangani ma’lum qilingan.

“Jangarilar hujum haqidagi buyruqni G‘arb mamlakatlarining biridan olgani haqida tezkor axborot bor”, — degan Qodirov. Jangarilarning yonida kaltalangan miltiq, pichoqlar va boltalar, shuningdek, ichida yonuvchi modda bo‘lgan 10 shisha idish bo‘lgan.

Bir qator nashrlarning mahalliy aholi guvohliklariga asoslanib xabar berishicha, cherkov atrofida 19-may kuni otishma yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, ular politsiya tomonidan qurshab olingan uy tomida odamni ko‘rgan. Otishma yuz bergan hududga yaqin ko‘chalar yopib qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют