» » Turkiya maxsus xizmatlari Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirilishi mumkinligidan xabar topdi

Turkiya maxsus xizmatlari Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirilishi mumkinligidan xabar topdi


Turkiya maxsus xizmatlari prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Bosniya va Gersegovinaga safari davomida suiqasd uyushtirilishi mumkinligidan xabar topdi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.

G‘arb razvedka agentliklari Turkiyadagi hamkasblariga prezidentning Bolqonga tashrifi  davomida bir guruh turk fuqarolari tomonidan suiqasd uyushtirilishi mumkinligini ma’lum qilgan. Biroq suiqasdning vaqti, kuni, joyi va qanday ko‘rinishda amalga oshirilishi xabar qilinmagan.

2017-yilning iyulida turk maxsus xizmatlari nemis politsiyasini Gamburgdagi G20 sammiti davomida Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Xususan, sammitdan bir kun avval prezidentga nemis politsiyasi kiyimidagi kishilar hujum qilishi mumkinligi haqida Berlinga rasmiy xabar yuborilgan. Die Welt gazetasi ma’lumotlariga qaraganda, nemis maxsus xizmatlari qo‘shimcha choralar ko‘rmagan, turk prezidentiga suiqasd uyushtirilishining ehtimoli kam deb topilgan.

2017-yilning martida Erdo‘g‘on tarafdorlari suiqasd uyushtirishda ayblanganlarga qarata tuxum otgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют