» » Shahzoda Garri va Megan Marklning to‘yi 43 mln dollarga baholanmoqda

Shahzoda Garri va Megan Marklning to‘yi 43 mln dollarga baholanmoqda


Shahzoda Garri va aktrisa Megan Marklning to‘yi Britaniya qirollik oilasiga 43 million dollarga tushdi, deb yozadi BriedBook portali.

Jurnalistlar tantanalarni tayyorlash bo‘yicha servislarga asoslanib, marosimning taxminiy qiymatini hisoblab chiqdi. Taxmin qilinishicha, mablag‘ning katta qismi — 40 million dollari qo‘riqlash xizmatiga sarflangan.

Nashr fikricha, to‘y tashkilotchilari xizmatlari qariyb 150 ming dollarga tushgan. Musiqachilarga 400 ming dollardan ziyod sarflangan, gulchilarning ishi 150 ming, fotosuratchilar va operatorlar xizmatlari 23 ming dollarga baholandi. Jurnalistlar hisob-kitoblariga ko‘ra, mehmonlar uchun ziyofatga 385 ming dollar ketgan. To‘y torti 65 ming dollar deb baholanmoqda.

Avvalroq Megan Marklning kelinlik libosi 135 ming dollarga tushgani ma’lum bo‘lgan edi. U ko‘ylakni Britaniyaning Ralph & Russo dizaynerlik uyiga buyurtma qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют