» » Livanda boshpanasiz tilanchi ayolning bankdagi hisobida 1 mln dollar borligi ma’lum bo‘ldi

Livanda boshpanasiz tilanchi ayolning bankdagi hisobida 1 mln dollar borligi ma’lum bo‘ldi


Livanning Bayrut shahrida yashovchi Fotima Otman ismli ayol tilanchilik qilib, bir million dollardan ziyod pul ishlab topgan va uni o‘zining bank hisobvaraqlariga yashirgan, deb yozadi Arab News.

Yurak xurujidan vafot etgan 52 yoshli ayolning jasadi tashlandiq avtomobil ichidan topilgan. Uning yonidagi sumkada 5 million Livan funti (3300 dollar) hamda Otman bankda 1,75 milliard Livan funti (1,155 million dollar) miqdoridagi mablag‘ni saqlayotgani haqida jamg‘arma kitobchasi bo‘lgan. Yanvardan buyon uning hisobvaraqlaridagi mablag‘ 25 million Livan funti (16 ming dollar)ga ko‘paygan.

Tug‘ma kasallik tufayli, ayolning qo‘llari ishlamagan. Bundan tashqari, u yura olmagan. Ayol 20 yildan buyon boshpanasiz bo‘lib, tilanchilik qilib kun kechirgan va kimdandir ijaraga olgan mashinasida tunagan.

Politsiya Otmanning onasi, ikki nafar aka-ukasi va besh nafar opa-singillarini topdi, ular marhum qarindoshining boyligidan bexabar bo‘lgan. Ular dafn marosimini o‘tkazish uchun jasadni o‘z ona shaharlariga olib ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют