» » 22-may kuni Diana Yenikeyeva ishi apellatsiya tartibida qaytadan ko‘rib chiqiladi

22-may kuni Diana Yenikeyeva ishi apellatsiya tartibida qaytadan ko‘rib chiqiladi


Kattaqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limi yuzasidan sud hukmi e’lon qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining Telegram’dagi rasmiy kanali bergan xabarga ko‘ra, Diana Yenikeyevaning bevaqt o‘limi holati bo‘yicha chiqarilgan sud hukmidan norozi bo‘lgan “KamAZ” haydovchisiga oid jinoyat ishi viloyat sudining apellatsiya instansiyasida joriy yilning 22-may kuni soat 10:00 da ko‘rib chiqiladi.

1-may kuni Kattaqo‘rg‘on tuman sudi hukmi bilan o‘qituvchini urib yuborgan yuk mashinasi haydovchisi Akrom Elmurodov Jinoyat Kodeksining 266-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatni (yo‘l harakati xavfsizligi yoki transport vositalari ekspluatatsiyasi qoidalarini buzish) sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6 yilga ozodlikdan hamda 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilindi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Diana Yenikeyevaning o‘limiga sababchi mansabdorlarni jazolash bo‘yicha topshiriq berdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют