» » “O‘zbektelekom” yangi rahbariyati UzPhone milliy messenjerini yaratish ishlarini “muzlatib qo‘ydi”

“O‘zbektelekom” yangi rahbariyati UzPhone milliy messenjerini yaratish ishlarini “muzlatib qo‘ydi”


“O‘zbektelekom”ning yangi rahbariyati UzPhone milliy messenjerini yaratish jarayonini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda fevral oyi oxirida kompaniya bosh direktori etib tayinlangan Farhod Ro‘ziyev ma’lum qildi, deb xabar beradi Spot.

2017-yil oxirida “O‘zbektelekom”ning “Axborot tizimlari” filiali UzPhone milliy messenjerini yaratishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘sha vaqtda mazkur yangi servis o‘zining dunyoga mashhur muqobillaridan farqli ravishda kam trafik sarflashi ma’lum qilingandi.

Servis Smart-TV va IP-telefoniya bilan integratsiyalashadi. Kompaniya serverlari 1 million kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Ro‘ziyevning aytishicha, “O‘zbektelekom” birinchi navbatda telekommunikatsiya kompaniyasi hisoblanadi, shunday ekan u infratuzilma, internet va aloqaning rivojlanishi borasidagi muammolarni hal etishi kerak. Shu sababli messenjer ustida olib borilgan ishlar to‘xtatilgan.

“Men telekommunikatsiya operatorlari tomonidan yaratilgan dunyodagi birorta muvaffaqiyatli messenjerni bilmayman. Bu boshqa narsa. Biz shu turdagi muqobil servislar bilan qanday qilib muvaffaqiyatli raqobatlasha olishimizni bilmaymiz”, — deydi Farhod Ro‘ziyev.

Bundan tashqari “Axborot tizimlari” filialining sahifasi hozirda “O‘zbektelekom”ning asosiy saytiga yo‘naltirilmoqda. Shuningdek, uning tuzilmasi ham o‘zgargan — endilikda u filial emas, balki markaz hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют