» » Dollarning 8000 so‘mdan pastlagan rasmiy kursi, Mirziyoyevning Putin bilan muloqoti, salkam 27 mlrd so‘m jarima to‘lagan “Bilayn” va kunning boshqa muhim xabarlari

Dollarning 8000 so‘mdan pastlagan rasmiy kursi, Mirziyoyevning Putin bilan muloqoti, salkam 27 mlrd so‘m jarima to‘lagan “Bilayn” va kunning boshqa muhim xabarlari


21-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti qozog‘istonlik hamkasbi Nazarboyev bilan ham suhbatlashgan.

2. O‘zbekistonda dollarning Markaziy banki kursi ilk bor 8 ming so‘mdan pasaydi. O‘tgan hafta Respublika valyuta birjasida shunday voqea yuz bergan edi.

3. NYT: Tramp Kim Chen In bilan uchrashuv borasida ikkilanmoqda. AQSh prezidenti KXDR rahbari bilan uchrashuv “siyosiy sharmandalik”ka aylanishidan xavotirga tushib qolgan.

4. “Bilayn-O‘zbekiston” 26,9 milliard so‘mlik jarimani to‘ladi. Ayni vaqtda, BMTning Xalqaro elektroaloqa ittifoqi “Bilayn”ni qo‘llab-quvvatlagani aytilmoqda.

5. O‘zbekistonda 50 va 100 so‘mlik tangalar va 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotalar muomaladan qaytarib olinadi. 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullardan 2020-yil 1-iyulgacha foydalanish mumkin.

6. 22-may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Sellar haqidagi xabarlarning davomi bo‘ladi, shekilli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют