» » Amnesty International delegatsiyasi 2004-yildan buyon birinchi marta O‘zbekistonga keladi

Amnesty International delegatsiyasi 2004-yildan buyon birinchi marta O‘zbekistonga keladi


Amnesty International xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti delegatsiyasi 22—25-may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, bir qator rasmiy shaxslar bilan uchrashadi, deb yozadi “Gazeta.uz” tashkilot press-reliziga tayanib.

Delegatsiya tarkibiga Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Amnesty International direktori Mari Strazers va uning o‘rinbosari Denis Krivosheyev kiradi.

Mari Strazers O‘zbekiston hukumatining so‘nggi bir yarim yil ichidagi ijobiy qadamlarini, xususan, qiynoqlarning qa’iy taqiqlanishini qayd etdi.

Amnesty International siyosiy maqsadlarda ta’qib qilinayotlarning jinoyat ishlarini to‘xtatish va oqlash, shuningdek, o‘tmishda amalga oshirilgan inson huquqlariga qarshi jinoyatlarni xolisona va samarali tarzda tekshirish kabilar haqida tavsiyalar ro‘yxatini tayyorlagan.

Oxirgi marta Amnesty International’ning rasmiy vakillari O‘zbekistonga 2004-yilda xalqaro konferensiyada qatnashish uchun kelgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют