» » Amnesty International: Myanmada yuzlab musulmonlar o‘ldirildi

Amnesty International: Myanmada yuzlab musulmonlar o‘ldirildi


Amnesty International inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti hisobotida aytilishicha, xavfsizlik kuchlari vakillari Myanmada yuzlab johinja musulmonlarini o‘ldirgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Huquqshunoslar fikriga ko‘ra, 25-avgustdagi hujumdan keyin Myanma xavfsizlik kuchlari vakillari Rakxayn shtati shimolidagi rohinjalar qishlog‘ini o‘rab olgan. Rohinja elatiga mansub erkak, ayol va bolalar o‘z uylarini tark etayotganida politsiya ularni o‘qqa tutib, yuzlab odamlarni o‘ldirgan yoki jiddiy jarohatlagan.

“Guvohlar ko‘rsatmalari, sun’iy yo‘ldoshlardan olingan suratlar, Amnesty International a’zolari tomonidan aniqlangan ma’lumotlar rohinja elatiga mansub yuz minglab ayol, erkak va bolalar insoniyatga qarshi jinoyatga tenglashtiriluvchi ommaviy hujumlar qurboni bo‘lganini isbotlaydi”, — deyiladi hisobotda.

Rohinja musulmonlari istiqomat qiluvchi Rakxayn shtatidagi vaziyat 25-avgustda rohinja-jangarilarining politsiya uchastkalariga hujumidan keyin keskinlashgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-10-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют