» » 270 mingga yaqin rohinja qochoqlari Myanmadan Bangladeshga qochib o‘tdi

270 mingga yaqin rohinja qochoqlari Myanmadan Bangladeshga qochib o‘tdi


Myanmaning Rakxayn shtatida 25-avgustdan boshlab zo‘ravonlik holatlari boshlangani munosabati bilan, 270 mingga yaqin rohinja elatiga mansub qochoqlar Myanmadan Bangladeshga qochib o‘tdi. Bu haqda BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari rasmiy vakili Danya Aslam Xon ma’lum qildi.

“So‘nggi ikki hafta ichida, hisob-kitoblarga ko‘ra, 270 mingga yaqin qochoq rohinjalar xavfsizlik istab Bangladeshga o‘tgan”, — deya Aslam Xonning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “TASS”.

Aslam Xonning qayd etishicha, rohinjalar — fuqaroligi yo‘q, islom diniga e’tiqod qiluvchi va o‘n yillar davomida tahqirlovga duchor bo‘lgan o‘ta qashshoqlikda kun kechiruvchi milliy ozchilikdir.

BMT vakili qochoqlarning o‘z uy-joylarini tashlab chiqishga majbur qilgan zo‘ravonlik holatlarining chuqur sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etishga chaqirdi.

Danya Aslam Xonning qayd etishicha, Koks-Bazardagi ikkita qochoqlar lageri to‘lib bo‘lgan va yangi kelayotganlarni joylashtirish uchun “boshqa hudud va boshpanalar kerak”.

Hozircha Bangladeshdagi qochoqlar lageriga 70 ming nafar rohinja elatiga mansub qochoqlar joylashtirilgani aytilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-09-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют